Turkiyada besh yulduzli mehmonxonaning 30 nafar mijozi kasalxonaga yotqizildi
Turkiyaning Kushadasi kurort shahrida besh yulduzli mehmonxonada turgan 30 kishi zaharlanish gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi. Mahalliy OAV xabar berishicha, ko‘ngil aynishi va qorin og‘rig‘idan shikoyat qilgan mehmonlar tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.
Hodisadan so‘ng Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi hamda Sog‘liqni saqlash departamentlari mutaxassislari majmuani tekshira boshlagan. Laboratoriya tahlili uchun yemakxonadan oziq-ovqat, ta’minot tizimidan suv namunasi olingan. Politsiya tergov boshlagan.
S.Rahimov, O‘zA