Turkiya AQSHdan koʻmak soʻradi
Turkiya Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashda AQSHdan koʻmak soʻradi
Turkiya Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashda AQSHdan koʻmak soʻradi. The Wall Street Journal da yozilishicha, bu koʻmak havodan hujum qilish, transport va logistika tizimiga doir boʻlishi nazarda tutilgan.
Nashrda AQSH qoʻshini Suriyadan chiqib ketgach, Turkiya bu yerdagi jangarilarga qarshi kurashni oʻz zimmasiga olishi qayd etilgan. Taʼkidlanishicha, AQSH bu borada Turkiyaga koʻmak bergudek boʻlsa, Suriyadagi ziddiyat yanada keskinlashishi mumkin.