Tunisda ikkita poyezd to‘qnashib ketdi
Mahalliy Mosaique FM radiosining mamlakat fuqaro mudofaasi vakili ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, halokat oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgan.
Ta’kidlanishicha, mamlakat shimolidagi Ben-Arus shahri vakzali yaqinida elektr poyezdi bilan Tunis-Sus yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan boshqa bir poyezd to‘qnashib ketgan.
Jarohatlanganlar zudlik bilan Ben-Arus shahri kasalxonasiga yotqizilgani ma’lum qilinmoqda.