Tungi Navoiy — yorug‘lik va zamonaviy shahar qiyofasi (+video)
Kun botishi bilan Navoiy shahri o‘ziga xos tarovat va jozibaga burkanadi. Zamonaviy ko‘p qavatli binolar, keng va sarishta ko‘chalar, favvoralar hamda dekorativ yoritish tizimlari shaharning tungi manzarasiga alohida fayz bag‘ishlaydi.
Tungi yorug‘likda shaharning zamonaviy me’moriy qiyofasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Ko‘chalar bo‘ylab o‘rnatilgan chiroqlar, obod xiyobonlar va istirohat maskanlari osoyishta muhit yaratib, aholi hamda mehmonlar uchun qulay sharoitni aks ettiradi.
[gallery-30674]
Navoiyda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shaharning nafaqat kunduzgi, balki tungi qiyofasida ham o‘z ifodasini topgan. Zamonaviy infratuzilma va yoritish yechimlari shahar ko‘rkini yanada oshirib, uning o‘ziga xos jozibasini namoyon etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wfNL4f4VvR0" title="Tungi Navoiy — yorug‘lik va zamonaviy shahar qiyofasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA