Tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimi A. Tojimirzayev tuman yoshlari bilan uchrashdi. Unda 100 nafardan ziyod yosh ishtirok etdi.
Yoshlar tomonidan 30 dan ortiq muammo va takliflar bildirildi. Murojaatlarning 70 foizini ish bilan ta’minlash muammosi tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 30 foizi tadbirkorlik va boshqa masalalarni qamrab oldi.
[gallery-5251]
Yoshlar murojaatlarining aksariyati joyida hal etildi, ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv so‘ngida «Yoshlar daftari» ro‘yxatida turuvchi yoshlarga tashkilotchilar tomonidan 20 ta tikuv mashinasi, 12 ta payvandlash moslamasi topshirildi, 62 ta talabaga to‘lov shartnoma puli o‘tkazib berildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA