Sergey Fomin yana bir sovrinni ko‘zlamoqda
Xitoyda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Challenger 50" tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Unda hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning juftlik bellashuvlarida Sergey Fomin qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan tandem hosil qildi va ilk bosqichda qozog‘istonlik Beybit Jukayev va neytral tennischi Semyon Pankin juftligini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba natijasida Sergey va Grigoriy turnirning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular yarim finalga chiqish uchun neytral tennischilar Yaroslav Dyomin va Timofey Derepasko duetiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA