Tovlamachining rejasi amalga oshmadi
Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada fuqaro Z.X.(muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro A.J.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan video va fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA