Tovlamachi qiz qo‘lga olindi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tovlamachi qiz qo‘lga olingan. Gap shundaki Romitan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan qiz o‘zga bir fuqaro bilan o‘rtalaridagi ishqiy munosabatlarni uning oila a’zolariga oshkor qilishini aytib uni qo‘rqitadi va buning uchun undan pul talab qiladi.
Natijada Jondor tumani Qozikent mahallasida joylashgan “Ziyo” kafesida undan 330 ming so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tovlamachi qizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA