Tovarlar miqdorida tafovut bor ekan
Holatga “Olot” chegara bojxona postida chek qo‘yildi. Unda xorijiy davlatdan import tariqasida olib keltirilayotgan mandarin tovarlari bojxona postida o‘rnatilgan inspeksiya ko‘rik majmuasi yordamida skanerdan o‘tkazilganda yuk kuzatuv hujjatlari hamda tovarning rentgen tasvirlari o‘rtasida tafovut aniqlandi.
Bojxona ko‘rigi natijasida bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilganidan 14 tonnadan ortiq mandarin tovarlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozir umumiy qiymati 203 million so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olingan.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri