Toshkentdagi Nukus ko‘chasining bir qismi yopildi
2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida Mirobod tumani Nukus ko‘chasidagi magistral issiqlik quvurlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 14 may 00:00 dan ko‘chaning «Asia alliance bank» qarshisidagi qismida yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan.
Shuningdek, ushbu hududdagi bir necha ko‘p qavatli uylarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.
Ta’mirlash jarayoni 15 may kuni tugatilishi rejalashtirilgan.
O‘zA