Toshkentda voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi saralash bahslari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da «Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari!» musobaqalari davom etmoqda.
Kecha voleybol bahslarida qizlar jamoalari ham ishtirokini boshladi. «Prezident olimpiadasi» doirasida o‘tayotgan saralash bosqichining ilk kunida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarga Buxoro va Jizzax jamoalari o‘rtasidagi bahs start berdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda jizzaxlik qizlar ustun keldi — 0:2.
[gallery-30303]
Shundan so‘ng maydonga Sirdaryo va Xorazm voleybolchilari chiqdi. Ushbu uchrashuvda ham 0:2 hisobi qayd etildi. Natijada xorazmlik qizlar muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Samarqand — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari o‘rtasidagi bahsda nukuslik qizlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Surxondaryo — Farg‘ona hamda Toshkent viloyati — Andijon uchrashuvlari ham bir xil — 0:2 hisobi bilan yakunlandi.
Kunning so‘nggi o‘yini Qashqadaryo va Toshkent shahri jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziq va kurashlarga boy kechgan bahs taqdiri uchinchi partiyada hal bo‘ldi. Unda toshkentlik qizlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA