Toshkentda tungi reydga tushgan 10 holat (+)
Toshkent viloyati hududlarida havo sifatini yaxshilash va issiqxonalardagi isitish tizimlariga oid ekologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida keng ko‘lamli ekologik va profilaktik reydlar davom etmoqda.
1-holat: Chig‘atoy mahallasining Shifobaxsh suvlar ko‘chasida joylashgan, fuqaro G.S. Ziyayevga tegishli issiqxona tekshiruv paytida vaqtincha faoliyat yuritmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, xonadon hovlisida yoqilg‘i turiga kirmaydigan har xil chiqindilar ochiq alangada yoqilgani aniqlangan.
Ekologik talablarni buzish holati bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va tegishli tartibda hujjatlar yuritildi.
2-holat: Kensoy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A.Akramovga tegishli gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxona tekshiruvdan o‘tkazilganda, qo‘lbola usulda o‘rnatilgan filtrning yetarlicha tozalash funksiyasini bajarmayotgani ma’lum bo‘ldi.
3-holat: Qorariq mahallasida yashovchi fuqaro D.Q.Tohirovning gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonasi tekshirilganda, qozonxonada turli chiqindilar yoqilayotgani aniqlandi. |
4-holat: Qorariq mahallasida fuqaro M.A.Talipovga tegishli gul yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonada filtr o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u havoni yetarli darajada tozalamasligi oshkor bo‘ldi.