Toshkentda metro bekati vaqtincha yopiladi
Toshkent metropoliteni axborot xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan "Qo‘yliq" dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton qurilish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekat (Qo‘yliq) 10 noyabr kuni soat 21:00 dan yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
Qayd etilishicha, "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati "Do‘stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. 2022 yil 11 noyabr kunidan "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.
O‘zA