Toqayev: Markaziy Osiyo global tashuvda muhim bug‘inga aylanmoqda
“Markaziy Osiyo mintaqasi “Shimol – Janub”, “Sharq – G‘arb” yo‘nalishida muhim ko‘prik vazifasini bajarib, global tashuvda hal qiluvchi bug‘inga aylanmoqda”, deb bayonot berdi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Berlinda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashuvida.
– Ayniqsa, Transkaspiy yo‘nalishining rivojlanishi va “Global Gateway” strategiyasi bilan hamohangligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, – dedi Toqayev. – Yaqin istiqbolda ushbu yo‘lakdan tashiladigan yuk hajmi besh barobar ortishi mumkin. Bu borada rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Qozog‘iston rahbari germaniyalik hamkorlarni “Transkaspiy yo‘lagi hamda Kaspiy dengizi portlarini rivojlantirish, hamkorlikda transport kemalari ishlab chiqarish va logistika markazlari yaratish loyihalarida ishtirok etishga taklif etgan.