TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi
Yoshlar ishlari agentligi joriy yilning aprel oyida birinchi chorak natijalari asosida TOP-100 reytingiga kiritilgan yoshlar yetakchilari haqida ma’lumot bergan edi.
Endilikda, ikkinchi chorak bo‘yicha mahallalarda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi.

Mazkur yetakchilarni bugungi kunda mahalla tizimida yoshlarning haqiqiy yo‘lboshchilari deb atash mumkin. Ular jamiyatimizning istiqboli bo‘lgan yoshlarning intilishlari va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda ulkan hissa qo‘shmoqda.
Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilab borilishi ko‘zda tutilgan.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA