To‘lanmagan qarz korxonaga qimmatga tushdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudi Koreya Respublikasining qarzdor “Hankook Agricultural Materials Co” korxonasidan, F.Qudratov foydasiga 15.000 AQSH dollari va 5,9 million so‘m davlat boji undirdi.
Mazkur korxonadan Buxoro viloyat sudi ijro hujjatiga asosan, “BUH TRANS VOSITA” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 44.000 AQSH dollari miqdorida jarima, oldindan to‘langan 13,6 million so‘m davlat boji undirish bo‘yicha ijro harakatlariga kirishilgan.
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida ushbu korxonaga tegishli tegishli issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 17 ta konteynerdagi uskuna va anjomlar ro‘yxatga olinib, xatlanadi. 5 ta konteynerdagi uskunalar esa Buxoro shahrida joylashgan saqlash omborxonasiga olib kelinib, joylashtiriladi.
“Hankook Agricultural Materials Co” korxonasidan jami 66.524 AQSH dollari undirilishi ta’minlandi, xatlangan mol-mulklar egasiga qaytarildi.
Maftuna KARIMOVA,O‘zA