Tojikiston janubida harbiy mashqlar boshlandi
Tojikistonning janubida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shinlarining o‘quv-mashqlari boshlandi, deb ma’lum qildi Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari polkovnik Fariddin Maxmalizoda RIA Novostiga.
Avvalroq Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo mamlakatlarning harbiy kontingentlari ishtirokida Tojikiston respublikasining Afg‘onistonga chegaradosh hududida oktyabr oyida uchta qo‘shma mashqlari o‘tkazilishi haqida xabar qilingan edi. Ularga "O‘zaro birgalikda harakat", "Qidiruv" va "Eshelon", deb nom berilgan.
Harbiy mashqlar Tojikiston qurolli kuchlarining “Momirak” va “Xarbmaydon” poligonlarida 18 oktyabrdan to 23 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
Mashqlar Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.