To‘garak 110 million so‘m daromad keltirdi
Yashnobod tumanidagi 255- maktabga OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Ta’lim maskanida 5 tashabbus doirasida “Yosh tikuvchi” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, to‘garakda 7-sinfdan boshlab 30 nafar qizga “Ustoz-shogird” asosida tikish va bichish sirlari o‘rgatilmoqda. Bugun to‘garakda choyshab hamda yostiq jildlari tikilib, qizlarga hunar o‘rgatish barobarida maktabga moddiy tomondan ham daromad ham keltirmoqda.

To‘garak ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay maktab hisob-raqamiga 110 million so‘m daromad keltirgan. Ushbu mablag‘ to‘garakda tikilayotgan choyshab hamda yostiq jildlarini sotuvga chiqarish orqali to‘plandi.
To‘garak rahbari Dilnoza Alimova bu mablag‘ni yil davomida 1 milliardga yetkazishni rejalashtirmoqda:
– Dastlab to‘garak ish faoliyati uchun maktab rahbari Dilora Jo‘rayeva tomonidan mablag‘ ajratildi. Shundan so‘ng barchamiz birgalashib, to‘garak ish faoliyati uchun aniq rejalar belgilab oldik.
Hozir mavjud ikkita overlok mashinamiz ishlatilmayapti. Sababi, hozir tikayotgan mahsulotimizga u ishlatilmaydi.Kelgusida tikuvchilik to‘garagida ushbu mahsulotni tikishni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirdik.
Bundan tashqari, maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 40 ga yaqin to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan bu kabi to‘garaklar o‘quvchilarning o‘qishga, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga xizmat qiladi.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA