Tinchlikning qaytishi...
Oʻzbekiston Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi saytida Badiiy akademiya bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan turkum asarlar namoyish etib borilmoqda.
Gʻalabaning 75 yilligi oldidan
Oʻzbekiston Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi saytida Badiiy akademiya bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan turkum asarlar namoyish etib borilmoqda.
Mazkur ijodiy loyiha hozirda Badiiy akademiya tomonidan arxiv tashkilotlari, xususiy galereyalar bilan birgalikda qizgʻin tayyorgarlik koʻrilayotgan “Tinchlikning qaytishi” mavzuidagi respublika koʻrgazmasining oʻziga xos debochasi sanaladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston yuz minglab odamlarning ikkinchi qadrdon uyiga aylandi. Oʻsha yillari frontdan kelayotgan xabarlardan taʼsirlanib, ijodkorlar oʻzlarining eng sara asarlarini yaratdi.
Urush yillarida nainki harbiy gospitallar, klublar, mehnat jamoalarida, balki respublika miqyosida koʻplab yirik badiiy koʻrgazmalar tashkil etildi.
Ushbu koʻrgazmalarda Oʻ.Tansiqboyev, P.Benkov, Z.Kovalevskaya, V.Ufimsev, L.Abdullayev, A.Volkov, O.Tatevosyan, A.Abdullayev, N.Karaxan, N.Kashina kabi koʻplab rassomlarning ijod namunalari sanʼat muxlislari eʼtiboriga havola etilgan.
“Hammasi front uchun! Hammasi gʻalaba uchun!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan asarlar yoshlarni vatanparvarlik, shukronalik, fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.