Tibbiyot xodimlari sportda bellashdi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida "Kasaba uyushmasi kubogi" Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shayxontohur tumani sport maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqalarni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Botir Isabekov ochib berdi.


Poytaxt tumanlaridagi 1400 nafardan ortiq ishtirokchi orasidan saralangan 90 nafar tibbiyot xodimi musobaqalarning Toshkent shahar bosqichida qatnashdi.

Yakunda har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Umumjamoa hisobida Yangihayot tumani tibbiyot xodimlari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA