Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash yo‘lida
Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Ortopediya va travma asoratlari bo‘limi ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Markaz bosh vrachi Shahobiddin Qo‘chqorovning aytishicha, ushbu bo‘lim 40 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 500 million so‘m mablag‘ evaziga to‘liq ta’mirlandi. Natijada mavjud sharoitlar yaxshilandi. Har bir davolash xonasida issiq suv tizimi yangilandi, zamonaviy konditsionerlar o‘rnatildi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida qo‘lga kiritilgan 1 milliard 200 million so‘mga zarur mebellar va boshqa jihozlar sotib olindi.
[gallery-14005]
Mazkur bo‘limda o‘tgan yili 1 ming 691 nafar, shu yilning 9 oyida 1 ming 164 nafar bola davolanib chiqdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bGSe2avXR-M" title="Тиббий хизмат сифатини яхшилаш йўлида" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA