Test topshiriqlari yanada takomillashadi
Test topshiriqlari bazasini shakllantirishda umumta'lim fanlari o’quv dasturlari bo’limlarining to’liq qamrab olinishi va abiturientlar bilimi, ko’nikmasi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini baholay oladigan test topshiriqlarini tuzishga e'tibor qaratilmoqda.
Test topshiriqlari bazasini shakllantirishda umumta'lim fanlari o’quv dasturlari bo’limlarining to’liq qamrab olinishi va abiturientlar bilimi, ko’nikmasi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini baholay oladigan test topshiriqlarini tuzishga e'tibor qaratilmoqda.
Milliy matbuot markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan "Pedagogik o’lchovlar, test topshiriqlarini shakllantirish va test savollari bilan ishlash tamoyillari" mavzuida matbuot anjumani o’tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida"gi qarori bilan Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlarini ishlab chiqish, ularni bosqichma-bosqich takomillashtirib borish ishlari Davlat ta'lim standartlariga muvofiq olib borilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom"ga ko’ra test topshiriqlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari o’quv dasturlariga asoslangan holda tuziladi.
Vakolatli davlat organlari tomonidan joriy yilda foydalanishga tavsiya etilgan va test topshiriqlarini tuzishga asos bo’lib xizmat qiladigan darslik va o’quv qo’llanmalari ro’yxati 2018 yil oktyabrь oyida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan.
Talablar kodifiatori va test topshiriqlari tafsilotlari asosida yangi test topshiriqlaridan iborat namunaviy variantlar shakllantirilib, 2018 yil noyabrь va 2019 yil yanvarь oyida aprobatsiyadan o’tkazildi. Аprobatsiya jarayonida umumiy o’rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning 2 mingga yaqin bitiruvchisi ishtirok etdi. Аprobatsiya jarayonida test topshiriqlarining ishonchliligi, sifatliligi, muqobil javoblarning ishlashi, murakkablik darajasining to’g’ri tanlanganligi o’rganildi. Аprobatsiya natijasida muvofiq test topshiriqlar bazasini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Test topshiriqlari bazasini shakllantirishda umumta'lim fanlari o’quv dasturlari bo’limlarining to’liq qamrab olinishi va abiturientlar bilimi, ko’nikmasi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini baholay oladigan test topshiriqlarini tuzishga e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, o’zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlarining bir xilligi ta'minlanayapti.
Yuqorida aytilgan mas'uliyatli jarayonga O’zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o’qishga qabul bo’yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 31 yanvardagi tegishli qarori bilan 140 nafar mutaxassisdan iborat xalq ta'limi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim va Fanlar akademiyasi tizimlaridan ekspertlar guruhi tasdiqlandi.
Test topshiriqlarida grafik, yozuvsiz karta, rasmlarning qo’llanilishi, adabiyot fanidan ta'lim maskanlari o’quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlardan ayrimlarini to’liq o’qish tavsiya etilishi, o’lcham birliklarining yangicha ifodalanilishining joriy etilishi test topshiriqlari bazasini shakllantirishda joriy yildagi yangiliklardan sanaladi.
Test topshiriqlari bazasini shakllantirish tamoyillari ularning davlat ta'lim standartlari va belgilangan talablarga muvofiqligi, maxfiyligi, turli xil ta'lim tizimi mutaxassislarining ishtiroki ta'minlanganligi, ekspertizaning ko’p marotabaligi, variant murakkabligining bir xilligi kabilarga asoslanadi.
Аbiturientlarga amaliy yordam ko’rsatish maqsadida 2018 yil dekabrь oyida test topshiriqlari aks ettirilgan "Аxborotnoma"ning maxsus soni (4/1 va 4/2-son) chop etildi. Unga har bitta fandan 120 tadan o’zbek va rus tillarida test topshiriqlari kiritilgan. Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir fandan namunaviy test topshirqlari e'lon qilindi.