Termizlik yosh kitobxon oilalar bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Termizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini oshirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining Termiz shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yosh oilalar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, tanlov jarayonida qoraqalpoq va rus tillaridan foydalanishga ruxsat berildi.
Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy kutubxonasida o‘tkazilgan tanlovda Termiz shahridan jam bo‘lgan kitobxon oilalar va ijodkor yoshlar o‘z salohiyatini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Bog‘ishamol mahallasidan Xidirovlar oilasi birinchilikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ushbu mahallaning yana bir vakili - Botirovlar va Tinchlik mahallasidan Allamurodovlar oilasi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
[gallery-18266]
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA