Termizda jamoat transporti yana 30 ta yangi avtobus bilan to‘ldirildi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy loyiha hayotga tatbiq etildi. Shahar ko‘chalarida 30 ta yangi, zamonaviy «Zhongtong» rusumli avtobus yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi.
Mazkur avtobuslar «UNIVERSAL ELEKTRO TEXNIK SERVIS» MCHJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, yangi transport vositalarining yo‘nalishlarga chiqarilishi shaharda jamoat transporti parkini bosqichma-bosqich yangilash imkonini bermoqda.
[gallery-31033]
Yangi avtobuslarni qatnovga chiqarishga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Tadbirda shahar aholisi uchun zamonaviy, qulay va sifatli transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Zamonaviy avtobuslarning harakat tarkibiga qo‘shilishi Termiz shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish bilan birga, aholi va mehmonlarning shahar bo‘ylab erkin va qulay harakatlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Transport sohasidagi bunday yangilanishlar shahar infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va aholi uchun yanada qulay shahar muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA