Tennischimiz Polsha turnirida muvaffaqiyatli qatnashmoqda
Polshaning Vrotslav shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat "Fyuchers" turkumidagi nufuzli musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Bundan besh kun muqaddam 300 nafardan ziyod raketka ustalari ishtirokida boshlangan turnir bahslarining ilk saralash musobaqalarida raqiblarini mag‘lub etishga erishgan Fomin xalqaro turnirning 1-turida polshalik Karol Jevetskiyni (3/6, 6/2, 1/6), 2-turda chexiyalik Matyu Uilyam Donaldni (2/6, 6/4, 2/6) dog‘da qoldirdi.
Kecha musobaqaning 1/4 final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sergey Fomin irlandiyalik Maykl Agvini bilan kuch sinashdi.
Shiddatli o‘tgan o‘yinda hamyurtimiz yevropalik tennischini 6/3, 6/3 hisobida yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi mamlakatimizning ikkinchi raketkasi final yo‘llanmasi uchun ATP reytingida 605-pog‘onada borayotgan chexiyalik Irji Barnatga qarshi kortga chiqadi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA