Tennischilarimizning g‘alabali odimlari
O‘zbekistonlik tennischilar dunyoning qator davlatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonlik tennischilar dunyoning qator davlatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etmoqda.
Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan Rakuten Japan Open Tennis Championships turnirida hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga chiqdi.
D.Istomin musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davrasida mezbon tennischi Taro Danielni 7:6, 6:7, 7:5; ikkinchi davrada polshalik Mixal Pshisenjnini 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u yarim finalga chiqish uchun kanadalik Milosh Raonich bilan bahs olib boradi.
Qozog‘istonda o‘tayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda tennischimiz Albina Xabibulina muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Turnirning birinchi davrasida u rossiyalik Mariya Sakaniyan ustidan 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi, slovakiyalik Katarina Sresnakovaga qarshi kechgan ikkinchi bahs ham 0:6, 7:6, 4:1 hisobida tennischimiz foydasiga hal bo‘ldi.
Chorak finalda vakilamiz rossiyalik Margarita Lazarevaga qarshi kortga tushadi.