Tayvanda “Challenge Samarkand” ko‘rgazmasi tashkil etildi
“Challenge Taiwan” xalqaro musobaqasi boshlanishi oldidan joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda o‘tadigan “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tailandda boshlangan “Challenge Taiwan” xalqaro turnirining “Challenge Family” brendi vakillari bilan musobaqa trassasi bo‘ylab jarayonlarni o‘rganish asnosida tashkil etilgan ko‘rgazma nuqtalarining biri Samarqandda o‘tadigan “Challenge Samarkand” turniriga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida Samarqanda bo‘ladigan musobaqa mohiyati, O‘zbekistonning boy tarixi, turnirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Xalqaro turnirda sportchilar 3,8 kilometr suzish, 180 kilometr velopoyga, 42,2 kilometr yugurishdan iborat uzoq masofali triatlon bahslarida, 1,9 kilometr suzish, 90 kilometr velopoyga, 21,1 kilometr yugurishdan iborat o‘rta hamda 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velopoyga, 10 kilometr yugurishni qamrab olgan Olimpiya dasturida medallar uchun kurash olib boradi.
“Challenge Taiwan” turniri 23 aprelga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.