Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar ona tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Davlat tilimizning mavqeini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida alohida to‘xtaldi.
[gallery-14145]
O‘quvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiq va raqslar, badiiy asarlardan sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA