Ta’minotni yaxshilash maqsadida
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Xovos tumani Sohibkor mahallasida Xorazm viloyatining Shovot hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlari tajribasi asosida avtomatlashtirilgan gaz tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ushbu mahallada 625 ta xonadon mavjud. Mahallaga Boyovut gaz taqsimlash stansiyasidan yo‘naltirilgan jami 14.8 km yer osti gaz quvurlari va 2 dona yuqori bosimli taqsimlash qurilmasi orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi. Hozirda yer osti gaz quvuri o‘rniga loyiha hujjatlariga asosan yer usti orqali gaz quvurlarini montaj qilish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.
[gallery-21500]
Shahriyor ORTIQBOEV (curat), O‘zA