Ta’limda yangi davr: an’ana va innovatsiya uyg‘unligi(+video)
Kelajak avlodni tayyorlashda an’anaviy ta’lim yetarlimi? Sun’iy intellekt va raqamli savodxonlikni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish zarurati, uning yoshlarga beradigan imkoniyatlari va kattalarning mas’uliyati haqida.
Shundan kelib chiqib, an’anaviy bilim berish yondashuvlarini zamonaviy ko‘nikmalar — sun’iy intellekt, raqamli savodxonlik va amaliy tajriba bilan boyitish zarurati yuzaga kelmoqda. Bu borada ota-ona va ustozlarning asosiy vazifasi yoshlarning ilm-fanga, izlanishga va doimiy o‘sishga bo‘lgan qiziqishni samarali shakllantirishdan iborat. Shuningdek, yaratilayotgan ta’limiy imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalar barcha hududlardagi yoshlar uchun teng darajada yetarli bo‘lishi poydevorni yanada mustahkamlashi ham kerak.
"Birga bir" dasturining navbatdagi sonida Ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro "Ziyo Forum" fondi direktori maslahatchisi Sirojiddin Bozarov bilan mazkur mavzu yuzasidan suhbatlashdik.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA