Ta’lim olish xarajatlari qoplandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Barkamol avlod bolalar markazida “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova ishtirok etdi. Erkin muloqot tarzida o‘tgan suhbat davomida yoshlar tomonidan bildirilgan bir qator taklif va muammolar muhokama etildi. Shuningdek, 55 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida ajratilgan 144 million 216 ming so‘m mablag‘ning vaucheri hamda yoshlarga sertifikatlar topshirildi.


Sh. Suyarov, O‘zA