Ta’lim dasturida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti bilan “1+1” tamoyili asosida magistratura qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil noyabr oyida filial direktori Sh.Mutalov universitet bilan hamkorlik memorandumini imzolab kelgan edi.


Ushbu loyihani samarali amalga oshirish maqsadida hamkor universitet rektori Maksim Kirkor filialga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishi. Muassasa jamoasi, yetakchi olimlar, doktorant va mutaxassislar ishtirokida ilmiy izlanishlar hamda erishilayotgan eng muhim natijalar to‘g‘risida fikr almashdi.



Shuningdek, loyiha doirasida filial ilmiy tadqiqotchilarining PhD ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya himoyalarini mazkur universitetda o‘tkazishga kelishib olindi.


Tashrif davomida mehmonlar ishtirokida Shahrisabz shahridagi 2-kasb-hunar maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, ularga 2+2 bakalavriat dasturi asosidagi o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Hamkorlikdan katta natijalar kutilayotgani ta’kidlandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri