Talabgorlarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida “Jasorat maktablari”ga qabulning navbatdagi – ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Termiz shahridagi “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlari 17-umumta’lim maktabida tashkil etildi.
2-bosqich imtihonlarida nomzodlar 5 turdagi jismoniy mashqlar asosidagi sinovdan o‘tib, 50 ballik tizimda baholanadi.
[gallery-24424]
Tadbir viloyatning barcha tuman va shaharlarida bir vaqtning o‘zida tashkil etildi va o‘quvchilar o‘z jasorati, epchilligi hamda tayyorgarlik darajasini amaliy tarzda ko‘rsatdi. Jarayonda ota-onalar, pedagoglar va mutasaddi tashkilot vakillari ham faollik ko‘rsatdi. Jarayonda ochiqlik va shaffoflik tamoyili yaqqol namoyon bo‘ldi.
Ta’kidlash kerak, “Jasorat maktablari”ga o‘qishga kirish uchun umumta’lim maktablarining 4-sinfini tugatgan 1 ming 500 ga yaqin o‘quvchi ariza topshirgan. Ushbu maktablarda matematika, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA