Talaba yoshlar saylovga oid bilimini boyitdi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalar o‘rtasida “Saylov – 2021” viktoranasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, shu yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni kunda saylovga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda, mazkur siyosiy jarayonga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorati, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan viktorinada talaba yoshlarning saylov qonunchiligi, nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
– Mazkur viktorina – interaktiv o‘yin yoshlarning siyosiy qarashlarini kengaytirish, saylov borasidagi bilim va tushunchalarini boytish, qolaversa, ularning faol va tashabbuskorligini oshirish maqsadida tashkil etildi, – deydi institut yoshlar yetakchisi Orifjon Abdullayev. – Unda har bir fakultetdan 1- 4 bosqich talabalaridan tuzilgan jamoalari saylov borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.


Qiziqarli savol-javoblar, ayniqsa, saylovda ilk marotaba ishtirok etayotgan yoshlarning tadbirda bevosita ishtirok etganligi viktorinani yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi.
Viktorina g‘oliblari o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan jamlangan adabiyotlar to‘plami bilan taqdirlandi.
F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA