Tabiiy gaz shaxsiy mulk emas....
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, bu yoʻnalishda toʻlov intizomini mustahkamlash borasida, sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining ijrosini taʼminlash kabi vazifalarni bajarishda Byuro xodimlarining mashaqqatli mehnati oson kechmayotganligi hammamizga maʼlum.

Yaqinda byuro xodimlarining izlanishlari natijasida Andijon shahrida energiya resurslarini oʻgʻirlab sotib kelayotgan mansabdor shaxslar ham qoʻlga olindi.
Andijon shahridagi toʻrtta mahallaning 222 xonadoniga Andijon tuman hokimining 13.05.2013-yildagi 25-F-sonli Farmoyishiga asosan suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgan edi.
Lekin, “Uztransgaz” AJ “Andijongaz“ hududiy gaz taʼminoti filiali Andijon shahar gaz 1-uchastkasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi J.X.Toʻraxonov va boshqalar qalbaki hujjatlar rasmiylashtirgan holda 2018-yilning noyabr oyidan 2019-yilni 31-yanvar kuniga qadar 333 260 metr kub tabiiy gaz sotganligi aniqlangan. Bu qilmishi bilan ular jamiyatga 106 mln. 643 ming 074 soʻm miqdorda zarar yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan J.X.Toʻraxonov va sheriklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov organiga yuborilgan.
Axir, tabiiy gaz shaxsiy mulkmidi, istagan vaqtda uni sotib, mablagʻlarini oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatsa. Qonun hamma uchun barobar xoh u taʼminotchi boʻlsin, xoh isteʼmolchi!