Suv tarmoqlarida raqamli nazorat: nosozliklarni oldindan aniqlaş imkoniyati
Suv taʼminoti tizimida samaradorlik faqat yangi quvurlar yotqiziş yoki inşootlar barpo etiş bilan belgilanmaydi. Mavjud infratuzilmani oqilona boşqariş, tarmoqlardagi nosozliklarni öz vaqtida aniqlaş, suv yöqotişlarining oldini oliş ham bu borada muhim ahamiyatga ega. Bugun dunyoda suv xöjaligini raqamli texnologiyalar asosida boşqarişga eʼtibor kuçayayotgani ham bejiz emas.
Bu borada xalqaro tajribani örganiş va ilğor yeçimlarni mahalliy amaliyotga tatbiq etiş maqsadida “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Hindistonning Bangalor şahrida ötkazilgan öquv-amaliy seminarda iştirok etdi.
Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda suv taʼminoti tizimini raqamli boşqariş, suv yöqotişlarini kamaytiriş, quvur tarmoqlaridagi nosozliklarni erta aniqlaş hamda avariya xizmatlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar örganildi.
Seminar doirasida Hindiston tajribasi, sunʼiy intellekt imkoniyatlari va ulardan suv taʼminoti sohasida foydalaniş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, raqamli boşqaruv vositalari orqali suv tarmoqlari holatini muntazam kuzatib boriş, yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni oldindan aniqlaş va ularga tezkor munosabat bildiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eʼtiborlisi, bu yönalişdagi hamkorlik nazariy bilimlar bilan çeklanib qolmayapti. Jumladan, “Jizzax suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati “Nobel Systems” bilan birgalikda GIS va Work Order tizimlari, şuningdek, GeoViewer dasturi orqali suv tarmoqlarini kuzatiş, suv sizib çiqişi holatlarini aniqlaş hamda avariya-dispetçerlik xizmatlari faoliyatini raqamlaştiriş ustida iş olib bormoqda.
Mazkur hamkorlikning amaliy bosqiçi sifatida bir oy avval kompaniya vakillari Jizzax viloyatiga taşrif buyurgan edi. Taşrif davomida Jizzax şahridagi markaziy içimlik suvi quvurlariga suv bosimini ölçaş va ehtimoliy avariya holatlarini erta aniqlaşga möljallangan maxsus uskunalar sinov tariqasida örnatildi. Ayni paytda uşbu qurilmalar bilan boğliq sinov işlari davom etmoqda.

Bu kabi texnologiyalarning ahamiyati şundaki, ular suv taʼminoti tarmoqlaridagi holatni aniq maʼlumotlar asosida baholaş, nosozliklarni tezkor aniqlaş va taʼmirlaş işlarini maqsadli taşkil etişga yordam beradi. Natijada soha mutaxassislari mavjud resurslardan yanada samarali foydalaniş, suv yöqotişlarini kamaytiriş va isteʼmolçilarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş imkoniyatiga ega böladi.
Hindistondagi öquv-amaliy seminar ham ana şu maqsadlarga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba va zamonaviy raqamli yeçimlarni örganiş, ularni mahalliy şaroitga moslaştiriş suv taʼminoti tizimini takomillaştirişda muhim omil bölişi mumkin.
Nilufar Bozorova, ÖzA