Superliga bahslari davom etmoqda
Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasida 27-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasida 27-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Unda chempionlik uchun kurash guruhida ishtirok etayotgan “Navbahor“ jamoasi bu turni Toshkentda “Lokomotiv“ga qarshi oʻtkazadi.
Ligada qolish uchun oʻzaro kurashayotgan guruhda ikki oʻyin oʻtkaziladi. “Nasaf“ oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona“ni qabul qilsa, “AGMK“ jamoasi safarda “Qizilqum“ga qarshi kuch sinashadi.