Subhonova Ziyoda Anvar qizining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kasr tartibli to‘lqin tenglamasi uchun koeffitsiyentli teskari masalalar” mavzusida
Subhonova Ziyoda Anvar qizining 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Kasr tartibli to‘lqin tenglamasi uchun koeffitsiyentli teskari masalalar” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM.09.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 2-iyun soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand sh., Universitet xiyoboni, 15-uy.
Tel/faks: (+998 66) 231 06 31; (+998 66) 235 19 38
e-mail: patent@samdu.uz