Sportsevarlar oilasi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Dilshod Qudratov va Yorqinoy Azizovalar oilasini ko‘pchilik sportsevar oila, deb biladi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Dilshod Qudratov va Yorqinoy Azizovalar oilasini ko‘pchilik sportsevar oila, deb biladi.Oilaning to‘ng‘ich farzandi Durdona Qurbonova sportning tennis turi bilan muntazam shug‘ullanadi. Singlisi Feruza “Geolog” sog‘lomlashtirish markazida shaxmat sirlarini o‘rganmoqda. U 2016-yili “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining mamlakat bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Qizlarning kenjasi Mushtariyda ham shaxmatni o‘rganishga ishtiyoq baland. Sog‘lom muhitda kamol topayotgan qizlar xalqaro maydonlarda yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratishni maqsad qilgan.