Sportsevar yoshlar maskani
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Yosh kuch” bolalar va o‘smirlar sport majmuasida suzish, dzyudo, badiiy gimnastika, stol tennisi, yengil atletika, badminton, belbog‘li kurash, futbol, basketbol kabi sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Yosh kuch” bolalar va o‘smirlar sport majmuasida suzish, dzyudo, badiiy gimnastika, stol tennisi, yengil atletika, badminton, belbog‘li kurash, futbol, basketbol kabi sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Zamonaviy sport inshootining mashg‘ulotlar zali, yopiq suzish havzasi, tennis korti, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi hamda futbol maydonlarida 800 dan ziyod yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Majmua tarbiyalanuvchilari nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2014-2015 o‘quv yilida ular mamlakat miqyosida o‘tgan musobaqalarda 181 medalni qo‘lga kiritdi.