Sportchilarimizni emlash davom etmoqda
Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida “Tokio – 2020” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyamiz a’zolarini emlash davom etmoqda. Terma jamoalarimiz belgilangan grafik asosida emlanmoqda.
Markaz vakillarining ma’lum qilishicha, para-suzishdan keyin taekvondo, para-taekvondo, velosport, dzyudo, para-dzyudo kabi jamoalarimiz a’zolari ham tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng koronavirusga qarshi vaksinaning 1-komponentini qabul qilishdi.

Emlash jarayoni davom etmoqda.