Sportchilarimiz munosib kutib olinmoqda
Ayni payt Konya shahrida o‘tgan nufuzli musobaqada qatnashgan sportchilarimizni tantanali kutib olish marosimi davom etmoqda.
Mazkur jarayonni keng yoritish maqsadida qator jurnalist va blogerlar, shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan.
Ma’lumot uchun: Turkiyaning Konya shahrida 56 ta davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida 24 ta sport turi bo‘yicha 265 nafar sportchimiz 158 medalni qo‘lga kiritdi.




B.Xudoyberdiyev,
Yo.Meliboyev (video),
N.Haydarov (surat), O‘zA