Sportchi qizlar safi kengaymoqda
Bolalar sporti, xususan, badiiy gimnastikani rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida Qashqadaryo viloyatida ham ushbu sport turi tobora ommalashmoqda.
Bolalar sporti, xususan, badiiy gimnastikani rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida Qashqadaryo viloyatida ham ushbu sport turi tobora ommalashmoqda. 2004-yilda viloyatda bor-yo‘g‘i 45 qiz badiiy gimnastika bilan shug‘ullangan bo‘lsa, bugun ularning soni 3 ming 500 dan oshdi.O‘tgan yili Qarshi shahrida foydalanishga topshirilgan viloyat bolalar va o‘smirlar sport maktabi yosh sportchilarning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi. Qariyb 8,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan majmua zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlangan. 56x28 metr o‘lchamdagi katta zal va 12x24 metrli ikkita kichik zal yoshlar ixtiyorida. 16 guruhda yo‘lga qo‘yilgan mashg‘ulotlarda ayni paytda 300 ga yaqin qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.