Sport xabarlari
Qozog‘istonda erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Tennis. Qozog‘istonda erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Aktobe shahrida tashkil etilgan turnirning yakkalik bahslarida yettinchi raqamda saralangan Albina Xabibulina ukrainalik Gulnara Nazarovani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Endi tennischimiz rossiyalik Polina Vinogradovaga qarshi kortga chiqadi.
Albina hamyurtimiz Polina Merenkova bilan musobaqaning juftliklar bahsida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Tennischilarimiz chorak finalda fransiyalik Kamille Cheli va isroillik Keren Shlomo juftligini 6:0, 6:4 hisobida yengib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
* * *
Ostonada o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziyev ukrainalik Maksim Ratnyuk ustidan 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim finalga chiqish uchun belaruslik Ilya Ivashka bilan bahslashadi.
* * *
Futbol. Joriy yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan Qarshining “Nasaf” jamoasi Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Polshaning “Gurnik” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Artur Gevorkyan kiritgan yagona gol “Nasaf”ga g‘alaba keltirdi.