Sport xabarlari
Buyuk Britaniyada yakunlangan xalqaro shaxmat festivalida hamyurtimiz Jahongir Vohidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sport gimnastikasi. Germaniyaning Kotbus shahrida o‘tkazilgan “Turnier der Meister World Challenge Cup 2015” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida eng yuqori ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.* * *
Shaxmat. Buyuk Britaniyada yakunlangan xalqaro shaxmat festivalida hamyurtimiz Jahongir Vohidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Nufuzli festivalda xalqaro grossmeysterimiz to‘qqiz partiyaning beshtasida g‘alaba qozonib, to‘rttasida durang natija qayd etdi va 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.