Sport to‘garaklari – iqtidorlar maskani
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh tashabbus muhim ahamiyatga ega. Mazkur tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari borasida Farg‘ona shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona shahridagi umumta’lim maktablarida ayni paytda 11 turdagi 1 ming 340 ta fan to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarga jami 22 ming 855 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Besh tashabbus doirasidagi 574 ta to‘garaklarga esa 11 ming 429 nafar, 244 ta sport to‘garaklariga 5 mingdan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qizlar jalb qilingan.
[gallery-21812]
Shahardagi 40-umumta’lim maktabida 1 ming 189 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning sifatli ta’lim olishi barobarida jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan. Ayniqsa, maktabning basketbol va futbol to‘garaklari a’zolari viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatib kelayotir.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA