“SpaceX” internet sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqardi
“Falcon-9” raketasi 24 ta kichik sun’iy yo‘ldoshdan iborat navbatdagi partiyani muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi. “AzerTAJ” yozishicha, mazkur yangi qurilmalar “Starlink” tizimining global internet qamrovi tarmog‘i orbital turkumini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Raketa yakshanba kuni AQSH sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan 17:06 da Florida shtati Kanaveral burnidagi Fazoviy kuchlar qo‘nalg‘asi 40-uchish maydonidan ko‘taririldi. Taxminan bir soatda yo‘ldosh orbita hududiga o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil may oyidan beri “SpaceX” “Starlink” loyihasi doirasida 5 900 ga yaqin shunday sun’iy yo‘ldoshni samoga yo‘naltirdi. To‘g‘ri, qurilmalarning ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka uchradi yoki orbitada qololmadi. Ayni payt 5 600 dan ziyod fazo kemasi ishlayapti.