So‘rovnoma: ustozlar kuniga qanday sovg‘a tayyorladingiz?(+video)
Roppa-rosa 30 yildan buyon yurtimizda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni sifatida nishonlanadi. Bu kunda kimdir maktabdagi ilk ustozini, kimdir universitetdagi ustozini, yana kimdir esa hayotida o‘chmas iz qoldirgan murabbiyini eslaydi. Bayram yaqinlashgani sayin esa odatdagi savol yana kun tartibiga chiqadi: ustozga nima sovg‘a qilamiz?
Shu sababli biz bayram arafasida ko‘chaga chiqib, yurtdoshlarimizdan so‘radik: ular o‘z ustozlarini qanday tabriklamoqchi? Sovg‘a tayyorlashganmi? Ta’lim muassasalarida buning uchun mablag‘ yig‘ilganmi? Tashabbus kimdan chiqqan?
Javoblar esa turlicha. Kimdir ustoziga gul berishini aytdi. Kimdir sovg‘adan ko‘ra samimiy tabrikni afzal ko‘rishini bildirdi. Ayrimlar esa bayram munosabati bilan sovg‘a tayyorlash va mablag‘ yig‘ish masalasiga o‘z munosabatini bildirdi.
Aslida, ustozga beriladigan eng katta sovg‘a qimmatbaho buyum emas, balki uning mehnatini qadrlash, bergan bilimini hayotda oqlash va yillar o‘tib ham uni minnatdorlik bilan eslash bo‘lsa kerak.
Batafsil video davomida bilib olasiz.
Mehrojiddin Umurzaqov, Oybek Davronov, O‘zA