Soliq to‘lashni kechiktirmang
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida byudjet daromadlari va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish hamda soliq qarzlarini undirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida byudjet daromadlari va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish hamda soliq qarzlarini undirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Pardayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga, ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishiga zamin yaratayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholining real daromadlarini oshirish maqsadida qator soliq va majburiy to‘lovlar stavkalari pasaytirildi. Qonun hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi. Jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi besh foiz qilib belgilandi. Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yuki ham pasaytirildi.
Yig‘ilishda mazkur yengilliklar byudjet daromadlari va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga tushumlar bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida bajarilishida asosiy manba bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Byudjet daromadlari va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Soliq qarzini sud ijro hujjatlari asosida undirib olish bo‘yicha Sud departamenti va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaror asosida faoliyat olib borilmoqda.
Byudjet va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalaridan soliq qarzi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini yanada oshirish orqali muddatida to‘lanmagan to‘lovlar miqdorini qisqartirish maqsadida qarzdorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotir.
Avvallari kirim qilinmagan tovarlarni saqlaganlik uchun uning qiymati miqdorida jarima qo‘llanilgan bo‘lsa, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar natijasida hozir jarima miqdori kamaytirilgan. Xususan, kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solinadi. Bu imkoniyat soliq qarzdorligi hosil bo‘lishiga, shuningdek, korxonalarning bankrotlik holatiga tushib qolishining oldini olishga xizmat qilmoqda.
Yig‘ilishda soliq qarzlarini undirish, soliq to‘lovchilarning to‘lov intizomini mustahkamlash borasida qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.