“Sohibqiron” – musobaqa g‘olibi
Chirchiq shahrida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Chirchiq shahrida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi.Viloyat mudofaa ishlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashlari hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat 18 jamoa ishtirok etdi.
Ishtirokchilar harbiy sport turlari, saf ko‘rigi, umumsiyosiy va jismoniy tayyorgarlik, merganlik, harbiy topografiya kabi 16 shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
– Musobaqa yoshlarni muddatli harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, – deydi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi mas’ul xodimi, musobaqa hakamlar hay’ati raisi Baxtiyor Mattiyev. – Ishtirokchi yoshlar Chirchiq serjantlar tayyorlash maktabi bilan tanishdi.
Barcha shartlar bo‘yicha yuqori natijaga erishgan Parkent tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Sohibqiron” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.